Maqola

315 27/11/2024

Rossiya hukumati migrantlarning oila a’zolarini mamlakatga olib kelishini taqiqlash mumkin bo‘lgan qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarib yubordi. Bu haqda Davlat Dumasining plenar yig‘ilishida “ЛДПР” fraksiyasi rahbari Leonid Slutskiy ma’lum qildi. Oddiy tilga o‘zgartirib aytilsa, hukumat loyihani rad etishi Rossiya vazirlar mahkamasi tomonidan qonun qabul qilinmasligi aytilib, deputatlarga qaytarilganini anglatadi.

«Qonun loyihasini qayta ishlaymiz va uni Rossiya Federatsiyasiga kirish va chiqish tartibi haqidagi avval qabul qilingan federal qonunlarga muvofiqlashtiramiz. Hukumat va bir qator federal idoralar bilan hamkorlikda ish olib boramiz», — deya hukumatning rad javobini izohlagan Leonid Slutskiy.

Qonun loyihasi Rossiyada patent yoki mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, lekin mamlakatda yashash uchun boshqa rasmiy asoslarga ega bo‘lmagan malakasi past xorijlik mutaxassislarga oilalarini olib kelishni taqiqlashdan iborat edi.

Rossiya hukumatining fikriga ko‘ra, taklif etilayotgan tuzatishlar qonuniy noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin va Rossiyaning xalqaro shartnomalariga zid. Ya’ni uni qabul qilish uchun avval hozirda amal qilayotgan xalqaro va federal qonunlarga muvofiqlashtirilishi lozim.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya