Maqola

462 04/12/2024

Rossiya hukumati sudlangan migrantlarni deportatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qullamay, qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi.

Rossiya hukumati vakillarining ta’kidlashicha, Rossiyada qolishi nomaqbul deb topilgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar amaldagi qonunchilikka binoan yangi qonunsiz ham deportatsiya qilinishi kerak. Bu norma «Rossiya Federatsiyasidan chiqish va Rossiya Federatsiyasiga kelish tartibi to‘g‘risida»gi qonun hamda «Rossiya Federatsiyasidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida»gi federal qonunlarda ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, yangi taklif qilinayotgan qonun loyihasini qabul qilish jinoiy huquq normalaridagi ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, loyihaning mualliflari ayrim davlatlarning qonunchiligida Rossiya Jinoyat kodeksida jinoyat deb topilmagan harakatlar uchun jazolar nazarda tutilganini hisobga olmagani ham eslatib o‘tilgan.

Natijada, Rossiya hukumati Davlat Dumasining deputatlariga taklif qilinayotgan qonun loyihasini jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil avgust oyining oxirida Rossiya parlamenti a’zolari qasddan jinoyat sodir etgan chet elliklarning mamlakatga kelishi va bo‘lishini nomaqbul deb topishni taklif qilgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya