Shu vaqtgacha “cпецприёмник”ga tushgan migrantlar yaqinlariga o‘z joylashgan manzili haqida xabar berish uchun inspektorlardan telefon so‘rashga, muhojirning yaqinlari yo‘qotib qo‘yigan qarindoshlarini izlash uchun politsiya yoki konsullikning eshiklarini qorovullashga majbur bo‘lardi.
Endi Rossiyada “выдворение” qilingan muhojirlar maxsus saqlash markazlari – “спецприёмник”ga joylashtirilsa o‘z yaqinlariga qayerda ekanliklarini IIV xodimlari orqali bildirishi mumkin. Buning uchun muhojir muassasa rahbari yoki uning o‘rinbosariga murojaat qilishi lozim. Imkon qadar yozma murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, hukumat qaroriga muvofiq, migrantning iltimosiga ko‘ra, uning qayerda ekanini ish joyi yoki o‘qish ma’muriyatiga, huquq himoyachisiga, vatanining diplomatik vakolatxonasi yoki konsulligiga ham xabar berilishi mumkin.
Hujjatda qayd etilishicha, agar chet ellik shaxs Rossiyada voyaga yetmagan farzand yoki nogiron shaxsning yagona qonuniy vakili bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligi migrantning “спецприёмник”da ekani haqida Rossiya vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
Agar “спецприёмник”ga joylashtirilgan chet ellik shaxsning o‘zi voyaga yetmagan bo‘lsa, uning qayerda ekanligi haqida albatta uning ota-onasi yoki qonuniy vakillariga xabar beriladi.
Tegishli hukumat qarori 2025-yil 5-fevraldan kuchga kiradi.