Maqola

256 31/10/2024

Inson huquqlari kengashi Rossiyaning migratsiya siyosati va milliy rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan hisobot tayyorladi. Uning taqdimotida Rossiya prezidenti maslahatchisi Valeriy Fadeyev hozirgi sharoitda mehnat bozori qanday rivojlanayotganini, Osiyoning kichik hududlaridan kelayotgan migrantlar jinoyatchilik o‘sishiga ta’sir qilayotgan yoki qilmayotgani kabi masalalarni ko‘rib chiqdi. Unda quyidagi masalalar ham muhokama qilindi:

— Fadeyevning fikricha, muammo millatda emas, balki malakada. Uning aytishicha, migrant qurilishda ishlash uchun kelib, so‘ng kuryer bo‘lib ishlash holatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar xorijlik fuqaro kasbini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u yangi ish uchun yangi taklifnoma olishi kerak. Shu bilan birga, ish beruvchi mutaxassisning zarur ko‘nikmalarga egaligini va rus tilini yetarli darajada bilishini ta’minlashi kerak;

— Mehnat migrantlari va ularning oilalari uchun emlash standartini tasdiqlash va ulardan narkodispanserdan ma’lumotnoma taqdim etish majburiy qilinishni taklif etmoqda. Qolaversa, chegaradan o‘tishda sog‘liq to‘g‘risidagi hujjatlarning haqiqiyligini sinchiklab tekshirish rejalashtirilmoqda;

— Inson huquqlari kengashi noqonuniy migratsiyani tashkil qilish uchun jazo choralarini kuchaytirish masalasini ham muhokama qildi. U endi juda og‘ir jinoyatlar qatoriga kiritilib, 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bugungi kunda noqonuniy migratsiyani tashkillashtirishdan tushgan pul, mulk va qimmatli ashyolarni musodara qilish to‘g‘risidagi qonun ham qabul qilindi;

— Sudlangan migrantlarni chiqarib yuborish masalasini, Fadeyev ta’kidlaganidek, yana bir bor o‘rganish kerak. Chunki yoshlikda sodir etilgan mayda bezorilik uchun sudlanish bir narsa, og‘ir jinoyatlar uchun esa boshqa narsa. Masalan, qatl sodir etgan migrantning qanday qilib Rossiyaga kelib qolganligi va bu yerda nima ish bilan shug‘ullanayotganligi haqida savol tug‘ilishi kerak;

Fadeyevning fikricha, mahalliy organlar migrantlar bilan bog‘liq vaziyatni sinchiklab nazorat qilishi lozim, Lipetskdagi koloniya bilan bog‘liq hodisalarga o‘xshash holatlarni oldini olish zarur. Maslahatchi kelayotgan mutaxassislar Rossiya qonunlarini hurmat qilishi juda muhimligini ta’kidlagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya