89 19/04/2024

Dmitriy Drize – migrantlar uchun yangi talablar haqida.

Rus tilini jiddiy o‘rganishga bo‘lgan talab muhojirlar uchun navbatdagi qattiq sinov bo‘lmoqda. Jumladan, til sertifikatlarini olish uchun talablarning kuchaytirilishi, ularsiz ishlash uchun ruxsatnoma olish mumkin emasligi, rus tili bo‘yicha imtihon olish huquqi faqat davlat universitetlariga berilishi rejalashtirilgan. Siyosiy sharhlovchisi Dmitriy Drize bu rejalarning barchasiga shubha bilan qaraydi.

Rossiya Federatsiyasi migratsiya sohasida tartibni tiklash choralarini ko‘rishda davom etmoqda. Boshqa narsalar qatorida, kelayotganlarga rus tilini o‘rgatish tizimini isloh qilishga qaror qilindi. Ilgari u yerda jiddiy qonunbuzarliklar, jumladan, korrupsiya faktlari aniqlangan edi. Ayrim hollarda aybdorlar javobgarlikka tortildi.

Oddiy qilib aytganda: agar siz pulini to‘lab qo‘ysangiz, kerakli qog‘ozni olasiz, lekin hech narsani o‘rganishingiz shart emas. Ammo endi bunga chek qo‘yishga qaror qilindi.

Migrantlar Pushkin tilining nozik jihatlarini hech qachon puxta egallay olmaydi, lekin unga hech bo‘lmaganda oddiy so‘zlashuv tilini o‘rgansin.

Shu munosabat bilan quyidagi choralarni ko‘rish taklif etilmoqda: Ta’lim va fan vazirligi rahbari Valeriy Falkov xususiy tashkilotlarni rus tilidan imtihon o‘tkazishdan chetlashtirish va bu funksiyalarni davlat oliy o‘quv yurtlariga o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Rosobrnadzor, o‘z navbatida, muhojirlarning og‘zaki nutqini sinovdan o‘tkazish imkoniyatini o‘rganmoqda, aks holda ular testlardan o‘tadi, lekin gapira olmaydi. O‘qituvchilarning ishi ko‘payadi, biroq ularga to‘lanadigan ish haqi oshadimi, bu haqda hech narsa e’lon qilinmagan. Natijada muhojirlar boshqa davlatlarga ketish yo‘lini qidira boshlaydi.

Aytgancha, bunday yo‘nalishlar juda ko‘p. Siz Rossiyada ish topishingiz mumkin bo‘lgan yagona davlat deb o‘ylasangiz, xato qilasiz.

Tabiiy savol tug‘iladi: nega ishga kelgan odamga tilni majburan o‘rgatish kerak? Agar u mamlakatda yashamoqchi bo‘lsa va fuqarolikni olishni rejalashtirsa, bu mantiqan to‘g‘ri. Siz kelgan davlat birinchi navbatda, sertifikatdagi baholarga bilan emas, balki ishiga e’tiborni qaratishi lozim. Buning ustiga, korrupsiyani yengish ham oson ish emas.

Agar siz bu yerga kelib, yaxshi pul ishlashni va karyera qilmoqchi bo‘lsangiz, siz tilni hech qanday turtkisiz ham o‘rganasiz – hayot sizni majbur qiladi. Agar oddiy ishchi, tozalovchi “dvornik” bo‘lib ishlasangiz, til o‘rganishga hojat yo‘q.

Ko‘cha toza bo‘lishi uni kim supurayotgani, diplomli mutaxassismi yoki ma’lumoti yo‘q ishchimi, qiziq emas. Va har ikkala toifadagi xorijliklar ham jinoyat sodir etishi mumkin. Ilmi bor odamga bundan ham oson bo‘ladi, chunki bosh hamma joyda, hatto jinoyat qilish uchun ham kerak.

Rus tilini bilish migratsiya siyosatining asosiy muammosi emasga o‘xshaydi. Hamma gap, odamlarga inson kabi munosabatda bo‘lish, bu faqat chet elliklarga tegishli emas; Shunday qilib, ko‘ryapsizmi, ko‘p narsa yaxshilanadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация