Maqola

477 02/09/2025

Rossiyaning Janubiy va Shimoliy Kavkaz okruglarida migrant bolalar uchun rus tilidan imtihon bo‘lib o‘tdi. Test sinovlarida 570 nafar bola qatnashgan bo‘lsa, ulardan 348 nafari imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, maktabga qabul qilindi.

Eng ko’p o‘quvchilar Krasnodar o’lkasida – 286 boladan 201 nafari o’tdi. Stavropol o’lkasida 90 bolaning 42 nafar, Rostov viloyatida 63 nafar boladan 40 nafari muvaffaqiyatli o‘tdi. Volgograd viloyatida 37 nafar bolaning 23 nafari maktabga borish huquqiga ega bo‘ldi.

Qrimda natijalar nochorroq – 31 boladan faqat 6 nafari o’tgan bo‘lsa, Sevastopolda, aksincha – barcha 5 bola o’tdi. Adigeyda 32 tadan 17 tasi o’quvchi bo‘ldi.

Astraxan viloyatida 7 nafar bola imtihondan o‘tib, faqat bir kishi o‘ta olmadi. Kabardino-Balkariyada etti talabgordan faqat bittasi o’tdi. Shimoliy Osetiyada testga 2 nafar bola qatnashib, ikkalasi ham o’tgan. Dog’istonda to’rttala bola ham testni topshira oldi.

Imtihondan o‘ta olmaganlarga rus tili kurslarida qatnashish va uch oydan keyin uni qayta topshirish imkoniyati beriladi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya