Krasnodar o‘lkasida migrantlarni ishga joylashtirishga qo‘yilgan taqiq mehmonxona biznesida ishchilar yetishmasligi muammosini yanada kuchaytirdi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi kurortlar, turizm va olimpiya merosi vazirligining mehmonxona xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Darya Yezeyeva ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona egalari allaqachon kadrlar yetishmasligini his qilishmoqda va vaziyat yanada yomonlashadi.
Kadrlar yetishmasligi masalasi mintaqadagi butun turizm industriyasi uchun jiddiy muammoga aylandi. «Ikki yil muqaddam Tataristondagi mehmonxonalar xodimlari o‘z xodimlari Sochiga mavsumiy ishlarga ketayotganidan shikoyat qilishgan. Lekin Sochining o‘zida ham kadrlar yetishmaydi», – deya Darya Yezeyevaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AMOS mehmonxonachilar uyushmasi matbuot xizmati.
U, shuningdek, ishchilarning malakasi muhimligi, chunki mehmonxonalar e’lon qilingan xizmat ko‘rsatish darajasiga javob berishi kerakligini aytadi.
2025-yil 21-yanvardan boshlab Krasnodar o‘lkasida 52 turdagi faoliyat, shu jumladan mehmonxona tizimida patentga ega xorijiy ishchilarni jalb qilish taqiqlanadi.
Biroq, Yezeyeva bu chet elliklarning ishlashini to‘liq taqiqlashni anglatmaydi. Masalan, ayrim besh yulduzli mehmonxonalar migratsiya siyosati bo‘yicha hukumat komissiyasi orqali xorijlik talabalarni ishga olishgan. Bu xodimlar patentlardan foydalanmaydi, ammo ularning soni yetarli emas.
AMOS mehmonxonachilar uyushmasi ekspertlar kengashi raisi Dmitriy Bogdanov muhojirlarga qo‘yilgan taqiq bevaqt bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona biznesida odatda, qo‘shni davlatlardan kelgan ko‘plab ayollar ishlaydi va ularning yo‘qligi kadrlar inqirozini yanada kuchaytiradi.
“Biz migrantlarga mehmonxona sohasida ishlashga ruxsat berish kerak, deb hisoblaymiz.“Bu juda muhim masala”,-deydi Bogdanov. U, shuningdek, chet ellik talabalarni yozda amaliyot o‘tash va vaqtinchalik ishlash uchun kelishiga ruxsat berish orqali ularni ish bilan ta’minlashni soddalashtirishni taklif qilgan.
«Bizning migratsiya siyosatimizni o‘zgartirishi kerak. AMOS uyushmasi bu masalani mintaqaviy va federal hokimiyat organlari bilan muhokama qilmoqchi», – degan u.