Markaziy bank noyabr oyida rublning keskin qadrsizlanishini AQSHning yangi sanksiyalari va ayrim ishtirokchilarning harakatlari bilan bog‘ladi.
Rossiya Banki yaqinda rublning qadrsizlanishini AQSHning yangi sanksiyalar paketi (ular asosan moliyaviy sektorga qaratilgan edi) va mahalliy banklar oldidagi valyuta majburiyatlarini to‘lash uchun valyuta sotib olgan ayrim nomoliyaviy kompaniyalarning harakatlari bilan bog‘ladi.
Natijada 2024-yil noyabr oyida rubl dollar (11%) va yuan (8,4%) ga nisbatan sezilarli darajada qadrsizlandi. Rublning tushishini to‘xtatish uchun Markaziy bank yil oxirigacha xorijiy valyuta sotib olishni to‘xtatdi. Bu samara berdi: natijada dekabr oyi boshida rubl mustahkamlanib, qadrsizlanishni deyarli qopladi – dekabr oyining birinchi haftasida rubl AQSH dollariga nisbatan 7,7 foizga oshdi.
Avvalroq Yevraziya biznes assosiatsiyasi prezidenti Maksim Chistyakov Markaziy bankni bosh stavkasi uchun tanqid qilgan edi. Mutaxassis davlatning iqtisodiy barqarorligi katta miqdorda kichik va o‘rta biznesga tayanishini va Markaziy bankning yuqori bosh stavkasi nafaqat biznes faolligiga, balki mamlakatning texnologik mustaqilligiga erishishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.