1 147 20/05/2025

2025-yil 1-sentyabrdan Moskva va Moskva viloyatida migrantlarning joylashuvini mobil ilova orqali kuzatish bo‘yicha tajriba boshlanadi. Dasturda ishtirok etish uchun xorijliklar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, mobil qurilmalar va geolokatsiya ma’lumotlarini qayta ishlashga Ichki ishlar vazirligiga rozilik berishi kerak bo‘ladi.

Agar migrant mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega bo‘lmasa, bu borada unga tegishli bo‘limlar yordam beradi. Biroq, agar foydalanuvchining geolokatsiyasi uch kun ichida qayd etilmasa, u qaydnomadan olib tashlanishi mumkin.

Mehmonxonalarda, sanatoriylarda, sayyohlik markazlarida, lagerlarda yashovchi yoki kasalxonada bo‘lganlar uchun istisnolar mavjud – ular o‘z joylashuvi haqida xabar berishlari shart emas.

Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, eksperiment 2029-yil 1-sentyabrgacha davom etadi. Tajriba Belarus fuqarolaridan tashqari Rossiyaga vizasiz kirgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, 2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiya migrantlarning raqamli profillarini, jumladan, barmoq izlari va fotosuratlar kabi shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yaratishni boshlaydi. Ushbu profillar chet el fuqarolarining mamlakat ichidagi holatini nazorat qilish uchun ishlatiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari 10 tadan ko‘p bo‘lmagan sim-kartalarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi va ularni olish uchun biometrik ma’lumotlarni taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ilgari chiqarilgan SIM-kartalar 2025-yil 1-iyulgacha biometrik ma’lumotlar yordamida tasdiqlanishi kerak, aks holda ular bloklanadi.

Ushbu chora-tadbirlar migratsiya ustidan nazoratni kuchaytirish va Rossiya hududida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan, deb iddao qilinmoqda.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya