Maqola

678 31/07/2025

Urushga yollangan Oʻzbekiston fuqarolari roʻyxati eʼlon qilinganidan soʻng tekshirishlar boshlangan va jinoiy ishlar qoʻzgʻatilganiga qaramay, Rossiya hukumati muhojirlarni urushga faol jalb etishda davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 2025-yilning o‘zida 902 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan. Bu odamlar endi ozod emas – ular harbiy tizimga kirib bo‘lgan va rad eta olmaydi.

Ishga kelgan muhojirlar qurilish obyektlariga yoki armiyaga “front orqasida ishlash” uchun borayotganiga ishonadi. Ularga katta maosh va Rossiya fuqaroligini va’da qilinadi. Ayniqsa, Rossiya pasportini yangi olganlarga qattiq bosim o’tkaziladi – ularni shantaj qilishadi.

Qamoqda bo‘lganlarga tahdid qilinib, shartnoma imzolashga majburlanmoqda.

Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin yaqinda 5000 dan ortiq reyd oʻtkazilgani va 90 ming kishi “qoʻlga olingani”, ulardan 30 mingi urushga joʻnatilganini aytdi. “Qoʻlga olindi” degan so‘zni uning o‘zi aytdi. Bu muhojirlarga nisbatan past nazar sifatida qaralishini bildiradi.

Hozirda 33 davlat fuqarolari Ukrainada asirlikda bo‘lib, ularning eng ko‘pi o‘zbekistonliklardir.

Xavotirli ma’lumot: 2025-yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Rossiyaning Kursk viloyatidagi “Postoyaliye dvory” poligoniga tashrif buyurdi. Bu o’zbekistonlik yollanma askarlar tayyorlanayotgan lagerga tashrif emas, faqat rasmiy tashrif bo’lganiga umid qilamiz.

Rossiya o‘z manfaatlari yo‘lida o‘zga yurt fuqarolari hayotidan birinchi marta foydalanayotgani yo‘q. Ilgari muhojirlar arzon ishchi kuchi edi. Endi ular «zambarak yemi»ga aylandi. Ularga nisbatan munosabat hamon o’zgarmadi.

Aziz musofir hamyurtlar! Rossiya armiyasi bilan hech qanday shartnoma tuzmang. Bu tuzoq. Sizdan o‘z maqsadlarida foydalanib ishlatib, tashlab ketishi ehtimolga yaqin. Shartnoma – bu faqat bir tomonlama chiptadir.

Agar siz muammoga duch kelsangiz va nima qilishni bilmasangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling:

«Хочу жить» loyihasi (mahbuslar va urushni rad etganlarga yordam):

Telegram yoki WhatsApp:
+38 095 688 68 88
+38 093 688 68 88
+38 097 688 66 88

Ukrainadan qo’ng’iroqlar:
+38 044 350 89 17 va 688

Veb-sayt: hochuzhit.com

Telegram boti: @spasisebyabot

O’zingizni ehtiyot qiling. Aziz joningizni o‘zgalarning urushida qurbon qilmang.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya