Maqola

146 11/09/2024

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi va u yerda 9-sentabr kuni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Oxirgi yetti yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar oshib, 2023-yilda 10 milliard dollarga yetdi. Joriy yilda tovar ayirboshlash hajmi yana 30 foizga o‘sdi va yaqin yillarda ikki davlat bu ko‘rsatkichni 30 milliard dollargacha oshirish niyatida.

Qo‘shma investitsiya loyihalari ko‘lami 60 milliard dollarga baholanmoqda, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3 mingdan oshdi. Hamkorlik iqtisodiyotning muhim tarmoqlari, jumladan, energetika, kon-metallurgiya, to‘qimachilik va kimyo sanoatini qamrab oladi.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sayyohlik almashinuvi ham sezilarli darajada oshdi. O‘tgan yil davomida O‘zbekistonga Rossiyadan 700 ming sayyoh kelgan, bu mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar umumiy sonining qariyb 10 foizini tashkil etadi, – dedi Abdulla Aripov.

Umuman olganda, har ikki yo’nalish bo’yicha sayyohlar oqimi 1,2 million kishidan oshdi.
Muzokaralar chog‘ida ta’lim masalalariga ham katta e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda allaqachon Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, yangilarini ochish rejalashtirilgan – ular orasida Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filiallari ham bor.

Mixail Mishustin O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar rivojlanayotganini ta’kidlab, ilmiy tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlanmalari faol olib borilayotgan “Toshkent texnopark”ining yutuqlarini ta’kidladi.

Muzokaralar davomida Rossiya tomoni hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda kengaytirishni taklif qildi.

Istiqbolli yo‘nalishlardan biri O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘ladi. Mishustinning aytishicha, fuqarolik dronlari va ularning komponentlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Bundan tashqari, rossiyalik investorlar O‘zbekistonda polimer materiallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Seshanba kuni Mishustin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi, so‘ngra Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishni davom ettirdi. Uchrashuvda hamkorlikning iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim kabi muhim yo‘nalishlari muhokama qilinib, mehnat migratsiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya