Maqola

1 294 11/06/2025

Rossiya tomoni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining muhojirlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishidan xavotirlar munosabati bilan yuborilgan notasidagi ma’lumotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqmoqda, degan Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

«Bizda huquq-tartibot va boshqa xizmatlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanallari mavjud. Ittifoqchilar o‘rtasida bo‘lganidek, suhbat ochiq bo‘lib, har qanday signal sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston tomonining yuqorida qayd etilgan murojaati vakolatli organlarga yetkaziladi. Olingan ob’ektiv ma’lumotlar belgilangan tartibda hamkorlarga yetkaziladi”, — dedi u.

Zaxarova, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston “kuchli ittifoqchilik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlariga ega” va “biz ikki tomonlama munosabatlarning barcha mavzulariga shu nuqtai nazardan yondashamiz”, deb ta’kidladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir kun avval ikki davlat diplomatlari uchrashuvida Toshkent “ruxsatsiz tekshirishlar, O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan hurmatsizlik va qo‘pol muomalalar haqidagi” xabarlardan xavotir bildirgani haqida xabar bergan edi.

O‘zbekiston tomoni barcha fuqarolar uchun xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlashga chaqirdi hamda “Rossiya Federatsiyasining tegishli organlari”ga “O‘zbekiston fuqarolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslikni” so‘rab murojaat qildi. O‘zbekiston elchixonasi esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga “Moskvadagi vaziyat yuzasidan” tushuntirish berishni so‘rab nota yubordi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya