Maqola

490 02/02/2026

2030-yilga kelib, Rossiyada boshqa mamlakatlardan kelgan shifokorlar soni sezilarli darajada oshishi mumkin. Bu Rossiya tibbiyot o’quv yurtlariga o’qishga kirayotgan xorijliklar sonining ko’payishi bilan bog’liq.

Tadqiqotlarga ko’ra, bir necha yildan so‘ng Rossiyada 142 000 nafargacha chet ellik bo‘lajak doktorlar tahsil olishi mumkin. Hatto maxsus hukumat kvotalarisiz ham bu raqam 117 000 atrofida bo’lishi mumkin. Bu ularning ko’pchiligi oxir-oqibat shifokor bo’lib ishlab qolishini anglatadi.

Rossiyada tibbiy ta’limga qiziqish xorijliklar orasida ortib bormoqda. 2021-yilda tibbiyot o’quv yurtlariga taxminan 13 000 xorijlik kirgan bo’lsa, 2023-yilda bu raqam 23 000 dan oshdi. 2024-yilda bu raqam biroz kamaydi, ammo yuqoriligicha qolmoqda.

Ammo viza bilan bog’liq, siyosiy vaziyatga aloqador qiyinchiliklar mavjud.

Shiuningdek, tibbiyot bo‘yicha o‘qish qulayroq bo‘lgan Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi boshqa davlatlar bilan raqobat ham bor.

Rossiyaning o‘zidagi o’qish va yashash xarajatlari yuqoriligi, yotoqxonada joy yetishmasligi, hamma universitetlar ham yaxshi kasalxona amaliyotini taklif qila olmasligi, chet elliklar yangi tizimga moslashishda qiynalishi hamda ba’zi professor-o’qituvchilar ingliz tilini yomon bilishi ham qo‘shimcha noqulaylik paydo qiladi.

Ish jarayonida rus tilini bilish – alohida mavzu. Rossiya ilgari kvotalar bo’yicha kelgan ba’zi chet elliklar uchun rus tili talablarini soddalashtiruvchi qonun qabul qilgan edi. Bu hammaga ham tegishli emas, ammo bunday o’zgarishlar ro’y bermoqda.

Xulosa shuki, xorijiy tibbiyot talabalari soni ortib bormoqda, bu kelajakda Rossiya kasalxonalarida ko’proq migrant shifokorlar ishlashi mumkinligini anglatadi.

2025-yilda Rossiya tibbiyot universitetlarida 4000 ga yaqin oʻzbekistonlik fuqaro tahsil olgan.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya