374 10/09/2025

Omskda Rossiya fuqaroligini olgan 365 nafar muhojir harbiy xizmatga ro‘yxatga olingan. Ularning uchdan bir qismi Rossiya Qurolli kuchlari safiga xizmatga chaqirilishi mumkin, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Harbiy tergovchilar va «voyenkomat» bo‘limlari qochganlarni faol ravishda qidirmoqda — birgina avgust oyida ular 50 dan ortiq manzilni tekshirgan.

2025-yilda 75 nafar yangi fuqaro Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzib, «maxsus operatsiya»lar zonasida xizmat qilmoqda.

Ammo bu ishlar faqat Omskdagina bo‘lmayapti. Perm o‘lkasida 2025-yil boshidan buyon 1200 dan ortiq sobiq muhojir harbiy xizmatga ro‘yxatga olingan. Ulardan 40 nafari allaqachon harbiy xizmatga chaqirilgan, 70 nafari esa shartnoma tuzib, SVO zonasiga jo‘natilgan. Viloyatdagi yana 40 nafar xorijlik Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzib, harbiy xizmatga hozirlik ko‘rmoqda.

Kostroma viloyatida ham tekshiruvlar davomida fuqarolikni olgan sobiq muhojirlar aniqlangan. 40 kishi xizmatga jo‘natildi, 3 nafari esa muddatli harbiy xizmatni o‘tamoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning aytishicha, fuqarolikni olgan 10 mingdan ortiq muhojir allaqachon urush bo‘layotgan hududlarga jo‘natilgan.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya