Maqola

137 22/08/2024

MDH hududida, jumladan Rossiya va Hamdo‘stlikning boshqa mamlakatlari o‘rtasida ham viza rejimini kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha muzokaralar hozirda olib borilmayapti. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamenti direktori Mikael Agasandyan RIA-Novostiga ma’lum qildi.

«MDH hududida (Turkmanistondan tashqari) vizasiz rejim amal qilib, u ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar bilan tartibga solinadi. Shu bois, viza tartibini joriy etish uchun kamida ushbu xalqaro shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Hozirgi vaqtda MDH maydonida na kirish rejimini kuchaytirish, na aksincha, yumshatish bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti», – dedi Agasandyan.

Shu bilan birga, u ushbu sohadagi huquqiy baza, jumladan paydo bo‘layotgan tahdid va xavf-xatarlarga javoban muntazam ravishda takomillashtirilib borayotganini qayd etdi

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya