Maqola

159 19/11/2024

Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Rossiya va Tojikiston Ichki ishlar vazirliklarining Qo‘shma kollegiyasi yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar beradi Rossiya vazirligi o‘zining rasmiy telegram-sahifasida.

25 yillik faoliyati davomida Qo‘shma kollegiya xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda ikki davlat hamkorligining muhim vositasiga aylandi, deyiladi xabarda. Rossiya IIV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlik vakillari MDH va KXSHT kabi tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etib, ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Qayd etilishicha, Qo‘shma kollegiya tufayli hamkorlik yuzasidan normativ-huquqiy baza yaratilgan, vazirlik rahbariyati va tegishli bo‘limlar o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilgan. Ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan va qo‘shma ish tajribasi to‘plangan. Rossiya IIV vazirining ta’kidlashicha, Tojikiston IIVning 167 nafar xodimi Rossiyaning ta’lim muassasalarida oliy ta’lim olib, kadrlar salohiyatini oshirmoqda.

Rossiya IIV rahbari samarali hamkorlik misoli sifatida Tojikistonning Sug‘d viloyatida 30 yil avval sodir etilgan qotillikni fosh qilinishini keltirib o‘tdi. Rossiya va Tojikiston huquq-tartibot organlari ushbu qotillik bo‘yicha hamkorlik qilib, jinoyatga aloqador shaxsni aniqlagan va jinoyatchi hozirda Rossiyada umrbod ozodlikdan mahrumlik jazosini o‘tamoqda, deyiladi xabarda. Kolokolsev Rossiya hududida Tojikiston fuqarolari tomonidan va ularga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar sonining kamayganini ham qayd etib, bu tendensiyani saqlab qolish muhimligini ta’kidladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya