248 04/05/2026

Rossiya hukumati internet ustidan nazoratni sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Roskomnadzor hujjatiga ko‘ra, VPN cheklanishi 2030-yil 31-dekabrga qadar 92% ga yetishi kerak.

Buning uchun maxsus tizim – ASBI (Rossiya internet segmenti xavfsizligini ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi) ni ishlab chiqish uchun subsidiya olgan Bosh radiochastota markazi javob beradi.

Ushbu tizim allaqachon veb-saytlarni blokirovka qilish va DDoS hujumlariga qarshi kurashish uchun ishlatilmoqda va TSPU (tahdidlarga qarshi kurashning texnik vositalari) uskunasida ishlaydi.

Rejaga ko‘ra, 2030-yilga kelib VPN blokirovkasi 92%ga yetib, Rossiyadagi internet-trafikning 98% gacha shu tizim orqali o‘tishi kerak. Shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi — sekundiga 831 terabitgacha yetishi mo‘ljallangan.

Blokirovka «signaturalar» deb ataladigan texnologiyalar — aylanib o‘tish xizmatlarini aniqlash va cheklash imkonini beruvchi texnologiyalar orqali kuchaytiriladi. Shu tariqa, trafikni boshqarish tizimining keng ko‘lamli kengayishi deyarli butun Rossiya internetini qamrab olishi kerak.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya