An’anaviy ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlash politsiya vazifasiga kiritilishi mumkin. Bu haqidagi Rossiya ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif qilingan prezident farmoni loyihasida yozilgan. Hujjat Rossiya normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida joylashtirilgan, deb yozmoqda «Vedomosti» nashri.
Izoh xatiga ko’ra, «an’anaviy rus ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan faoliyatni» amalga oshirish ichki ishlar vazirligining vazifasiga aylanishi mumkin.
«Vedomosti» nashriga ko’ra, farmon loyihasi Rossiya prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Rossiya ichki ishlar vazirligi to’g’risidagi Nizomning 2-bandiga qo’shimchalar kiritishni nazarda tutadi. Farmon loyihasi 2024-2026-yillarda amalga oshirish bo’yicha davlat chora-tadbirlar rejasining 3-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan. 2024-yil 1-iyuldagi farmonga muvofiq Rossiyada ijro etuvchi hokimiyat organlari o’z faoliyatini davlat siyosatining maqsad va vazifalariga muvofiq chora-tadbirlar bilan to’ldirishi kerak.
Politsiyachilar an’anaviy ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlash uchun aynan nima qilishi hujjatda ko‘rsatilmagan.