Maqola

489 16/03/2026

Rossiya chet el fuqarolari uchun qoidalarni kuchaytirish niyatida. Hukumat komissiyasi bir qator ma’muriy qoidabuzarliklar uchun migrantlarni mamlakatdan deportatsiya qilishga imkon beruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti agentligi.

Hujjatda deportatsiya uchun asoslar ro‘yxatini kengaytirish taklif qilinmoqda. Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksidan 20 ga yaqin yangi modda qo‘shilishi mumkin.

Rossiya Qurolli Kuchlarini obro‘sizlantirish, ekstremistik materiallarni tarqatish, natsistlar ramzlarini targ‘ib qilish kabi qoidabuzarliklar uchun muhojir deportatsiya qilinishi mumkin.

Qonun loyihasi mualliflarining ta’kidlashicha, bunday choralar migratsiya siyosatini qat’iylashtirish va ekstremizmga qarshi kurashish uchun zarur.

Shuningdek, terroristik faoliyatga chaqiruvchi yoki terrorizmni oqlovchi materiallarni nashr etgani uchun chet elliklarni deportatsiya qilish taklif qilinmoqda.

Deportatsiyaga, agar shaxs Rossiyaga qarshi siyosiy va iqtisodiy sanksiyalarni joriy etish yoki uzaytirishni ochiqchasiga talab qilsa ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ilgariroq hukumat komissiyasi ilgari yana bir tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan edi. Unda Rossiya Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan chet elliklar deportatsiya qilinmasligi yoki boshqa mamlakatlarga ekstraditsiya qilinmasligi aytilgan. Bu qoida maxsus harbiy operatsiyalarda ishtirok etayotganlarga ham tegishli.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya