Maqola

1 047 11/01/2025

Avval xabar berilganidek, 1-yanvardan boshlab vizasiz rejimda mamlakatga kiruvchi xorijliklar Rossiya hududida umumiy hisobda uch oydan ortiq qololmaydi. Bu muddat tugagandan keyin mamlakatga faqat kelgusi kalendar yilida qaytib kirish mumkin bo‘ladi.

Bugun qonunchilikdagi o‘zgarishlar kimlarga taalluqli emas?

Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish muddatini uzaytirish uchun nima qilish kerak?

Yangi qoidalar yashash uchun ruxsatnoma, patent, qochqinlik guvohnomasi, mehnat yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan, shu jumladan ta’lim olish maqsadida Rossiyada bo‘lib turgan xorijliklarga taalluqli emas. Shuningdek, Belarus va Janubiy Osetiya fuqarolari ham mamlakat hududida 90 kundan ortiq qolishlari mumkin.

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari uchun vaqtinchalik bo‘lish muddatini uzaytirish asoslarini nazarda tutadi:
– Chet elda yashovchi vatandoshlarni Rossiya Federatsiyasiga ixtiyoriy ko‘chib o‘tishga ko‘mak berish bo‘yicha Davlat dasturida ishtirokchi bo‘lganlar va ularning oila a’zolari;
– Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari fuqarolari (va ularning oila a’zolari), Rossiya ish beruvchisi bilan muddatsiz mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzganlar;
– Rossiya Federatsiyasi fuqarosi yoki Rossiyada doimiy yashovchi xorijiy fuqaroning oila a’zolari;
– Talabalar va ularning oila a’zolari;
– Patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ota-onaning voyaga yetmagan farzandlari.

Rossiyada bo‘lish muddatini uzaytirish uchun Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar organlariga yozma ariza bilan murojaat qilish lozim. Buni, shuningdek, Rossiya IIVning ФГУП «ПВС» yoki ГБУ ММЦ «Сахарово» orqali amalga oshirish mumkin.

O‘rtakashlarning mamlakatdan chiqib, qayta kirish bo‘yicha maslahatlariga amal qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu Rossiya hududida bo‘lish ruxsatini uzaytirishga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi!

Agar siz Rossiyada bo‘lish muddatini buzgan bo‘lsangiz, huquqiy maqomingizni tartibga solish uchun zudlik bilan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar organlariga murojaat qilishingiz lozim. Shunday holatda, 1-mayga qadar chiqarib yuborish yoki kirishni yopish choralarini qo‘llanilmaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya