171 14/02/2026

Rossiyada bodring narxlari so’nggi oylarda keskin oshdi. Forbes ma’lumotlariga ko’ra, bodring narxi 111,1% ga qimmatlab, hozir bir kilogrammi o’rtacha 300 rublni tashkil etadi, bu go’sht narxiga deyarli teng. Bu haqda “Руспродсоюз” uyushmasi va “АБ-Центр” agrobiznes tahlilchilarining ma’lumotlarida xabar berilgan.

2025-yil dekabr oyi oxiridan beri bodring narxi 41,8% ga oshdi (223,7 dan 317,2 rublgacha). Rossiyaning ba’zi mintaqalarida odamlar narxlar bir kilogramm uchun 500–1000 rublga yetganidan shikoyat qilmoqda. Taqqoslash uchun, Rosstat ma’lumotlariga ko’ra, 2026-yil fevral oyi boshiga kelib bir kilogramm mol go’shti 700 rublni tashkil etdi.

Mutaxassislar bu o’sishni mavsumiy omillar bilan bog’laydi: issiqxonalar qishda kamroq hosil beradi, bayramlardan keyin talab oshadi va logistika xarajatlari ko‘tariladi. Shuning uchun issiqxona sabzavotlari odatda sovuq mavsumda qimmatlaydi.

Statistikaga ko’ra, chakana savdo tarmoqlarida bodringning minimal narxlari o’tgan yilgidek deyarli o’zgarishsiz qoldi – mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir kilogrammi uchun 299 rubldan boshlangan. O’tgan yili bodring narxining oshishi yanada sezilarli bo’lgan edi – 2025 yil boshiga kelib, u uch oy ichida 119,6% ga qimmatlagan.

Siz bir haftada qancha bodring sotib olasiz?

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya