Maqola

247 13/06/2024

12-iyun kuni AQSH Mosbirja va Milliy kliring markaziga nisbatan sanksiya qo‘lladi. Sanksiyalar “Rossiya kuni” munosabati bilan kiritilganini alohida ta’kidlash kerak. 

Mazkur sanksiyalar endi Mosbirjada dollar valyutasida savdo qilib bo‘lmasligini anglatadi. Bu esa bevosita dollarning bozor narxini belgilashda murakkablikni keltirib chiqaradi.

Biroq Rossiya Markaziy banki anchadan buyon bunday sanksiyalarni kutib, tayyorlanib kelayotgandi. Shuning uchun sanksiya qo‘llanganidan keyin bir soat o‘tib, Rossiya banki rasmiy izoh bilan chiqdi.

Rossiya markaziy bankining tushuntirishicha, endi AQSH dollari kursi banklar bergan ma’lumotlarni birlashtirish orqali aniqlanadi. Bir emas, barcha banklar bergan ma’lumotlarni yig‘ish bilan baholangan kurs bozordagi dollar narxiga yaqin bo‘ladi.

Ayni vaqtda dollarning narxi ko‘tarilib ketishi texnik davr belgisi. Ya’ni kursni bozor belgilaydigan tartibdan yangi – banklar bergan ma’lumotlar orqali kurs baholanadigan tartibga to‘liq o‘tguncha bo‘lgan paytning asorati. Yangi tartibga to‘liq o‘tib ketgandan so‘ng, kurs yana iziga tushib, pastlashi va bozor narxiga yaqinlashishi kutilmoqda.

Sanksiyalar banklarda dollarni xarid qilish, sotish, AQSH valyutasidan foydalanish mexanizmlariga ta’sir qilmaydi. Valyutadan avvalgidek foydalanish mumkin. Sanksiyalar faqat kursning bahosiga bozor narxini belgilashdagi jarayon o‘zgarishiga ta’sir qiladi xolos.

Shu munosabat bilan, qadrli obunachilarimizga dollar kursi belgilanadigan yangi tartib iziga tushguncha valyuta sotib olmay turishni tavsiya qilamiz. Ma’lum vaqt o‘tgach, yangi tartib iziga tushib ketganidan keyin dollar kursi barqarorlashadi va kurs pastlaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya