Maqola

456 02/01/2025

Rossiyada Ichki ishlar vazirligi tomonidan yaratilgan nazorat qilinadigan shaxslar reyestridagi migrantlarga xizmat ko‘rsatganlik uchun jarima solinadi. Bu haqda TASS tegishli qonunga asoslanib xabar bermoqda.

Bunday «yordam» uchun qonunbuzarlarga 2000 rubldan 500 000 rublgacha jarima solinishi mumkin.

2025-yilning 5-fevral kunidan boshlab Rossiyada noqonuniy yashovchi migrantlarning huquqiy holatini hal qilmagan taqdirda mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qonun kuchga kiradi. Chiqarishdan oldin ularning ismlari nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritiladi.

Qonunga ko‘ra (RF MAJning 18.9-moddasi 3-qismi), ushbu reyestrdagi migrantlarga qonun bilan taqiqlangan xizmatlarni ko‘rsatgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Jarima miqdori jismoniy shaxslar uchun 2000 rubldan 5000 rublgacha, amaldorlar uchun 35 000 rubldan 50 000 rublgacha, yuridik shaxslar uchun esa 400 000 rubldan 500 000 rublgacha bo‘ladi.

28-dekabr kuni Rossiyada qonunbuzar migrantlar uchun nazorat qilinadigan shaxslar reyestri yaratilishi ma’lum qilindi. Ushbu qarorni Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin imzoladi.

Reyestrga kiritilgan chet el fuqarolari polisiya ruxsatisiz yashash joyini o‘zgartira olmaydi va yashash hududining chegaralarini tark etishlari man etiladi. Shuningdek, ular transport boshqarish, haydovchilik guvohnomasi olish, ko‘chmas mulkni sotish yoki sotib olish huquqidan ham mahrum bo‘ladi.

Bundan tashqari, reyestrga kiritilganlar uchun nikoh tuzish, kredit shartnomalarini tuzish, bank hisob raqamlarini ochish taqiqlanadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya