149 16/02/2024

🔺Urish uchun bir emas, bir nechta moddalar bor. Bu moddalar kaltaklanish oqibatida qanday shikast yetganiga qarab har xil jazoni nazarda tutadi. Demak, qo’l ko’targanlik uchun javobgarlik belgilangan moddalar:

▪️ kaltaklash (побои) – bu turdagi jinoyatlar sog’liqqa muammo tug’dirmaydigan bir nechta zarbalar berilishi bilan tavsiflanadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi bo’yicha javobgarlikka tortiladi, 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi;

▪️qiynoqqa solish – tizimli ravishda, ya’ni ikki yoki undan ko’p marta kaltaklash yoki uzoq vaqt davomida ruhiy bosim o’tkazganlik uchun 117-modda bo’yicha 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinish mumkin;

▪️ salomatlikka yengil zarar yetkazish, salomatlikka jiddiy emas va qisqa muddat mehnat qobiliyatini yo‘qotishga olib keladigan zarar yetkazilgan bo’lsa 115-modda bo’yicha javobgarlik yuzaga keladi va 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

▪️ sog’liqqa o’rtacha og’irlikdagi zarar yetkazilsa – ya’ni 21 kun davomida mehnat qilish qobiliyati yo’qolsa yoki kaltaklash natijasida mehnat qobiliyati uchdan birga kamaysa, aybdor 112-modda bilan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi;

▪️sog’likka jiddiy zarar yetkazish, ko’rish, eshitish qobiliyatini yo’qotish, homilaning tushishi, qiyofaning tanib bo’lmas darajada buzilishi va h.k. bilan tavsiflanadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi bo’yicha 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga hukm etiladi. Agar zarar ehtiyotsizlik natijasida o’limga olib kelgan taqdirda – 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi;

📌 Bundan tashqari, urganlik uchun aybdor bezorilik (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 213-moddasi, 7 yilgacha qamoq jazosi) va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan javobgarlikka tortilishi ham mumkin.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация