Maqola

339 16/11/2024

Xitoy Markaziy Osiyo migrantlarini xitoylik ishchilar bilan almashtirish masalasini muhokama qilishni boshladi. Bu mavzu ikki davlat rahbarlari — Si Szinpin va Vladimir Putin tomonidan ko‘rib chiqildi, deb yozadi “Bloknot” nashri. Hozirda bu taklifning amalda joriy etilishi tegishli vazirliklar tomonidan o‘rganilmoqda. Si Szinpinning ta’kidlashicha, xitoylik migrantlar Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan ishchilarga nisbatan ko‘proq mehnatsevar, nizosiz va mas’uliyatli bo‘ladi.

Pekin Rossiya shaharlari ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli miqdorda mutaxassislarni tayyorlab berishga tayyor. Gap asosan farroshlar, yo‘lchilar, tozalovchilar, jamoat transporti haydovchilari va qurilish ishchilari haqida ketmoqda.

Xitoyning maqsadi bunday hamkorlik natijasida yuqori darajadagi ishsizlikni kamaytirish. Mamlakatda ishsizlik darajasi 5,1% ni tashkil etadi, bu o‘n millionlab aholi ishsiz degani. Ishsizlik muammosi, ayniqsa, 30 yoshgacha bo‘lgan xitoylik yoshlar orasida juda keng. So‘nggi yillarda ular o‘rtasida ishsizlik darajasi 13,2% dan 17,1% ga oshgan. Xitoyning ayrim hududlarida o‘rtacha oylik maosh 250 dollar (20-25 ming rubl) atrofida, Rossiyada esa migrantlar o‘rtacha 150 ming rubl ishlab topmoqda. Bu xitoyliklar uchun juda manfaatli imkoniyatdir, deyiladi nashrning ma’lumotida.

Agar xitoylik ishchilar haqiqatan ham intizomli va yuqori professional bo‘lsa, bu Rossiya uchun samarali yechim bo‘lishi mumkin. Chunki biznes sektori o‘sish uchun migrantlar sonini oshirish zarurligini ta’kidlamoqda. Ammo rus jamiyati muhojirlarning ommaviy kelishiga qarshi.

Avvalroq xitoyliklarning taklifiga o‘xshash taklif Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya) ishchilari tomonidan ham aytilgan edi. Iqtisodchi Ilyas Zaripov Rossiya-KXDR o‘rtasidagi 2007-yilgi mehnat migratsiyasi shartnomasini qayta tiklashni va ishchilar kvotasini oshirishni taklif qilgan. Biroq bu variant hozircha oliy darajada muhokama qilinmagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya