Maqola

248 31/01/2025

Chelyabinsk viloyatidagi migratsiya bo’limlarida tozalash ishlari boshlandi: Kopeyskdagi migratsiya bo’limi boshlig’i Anastasiya Litvinova ushlangandan so’ng, “ФСБ” xodimlari mintaqaviy IIV Xavfsizlik xizmati «Traktorozavodskiy» migratsiya bo’limi boshlig’i Igor Shatoxinni qo’lga olishdi. «URA.RU» nashrining xabar berishicha, mintaqaviy Tergov qo’mitasi matbuot xizmati Igor Shatoxin korrupsiya va vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinayotganini yozgan.

«Chelyabinsk shahar IIV «Traktorozavodskiy» hududiy politsiyasi migratsiya masalalari bo’yicha bo’lim boshlig’iga nisbatan shaxsiy manfaatdorlik yuzasidan vakolatlarni suiiste’mol qilish (JK 286-moddasi 3-qismi «e» bandi) va noqonuniy harakatlar uchun yirik miqdorda pora olish (JK 290-moddasi 5-qismi «v» bandi) bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atildi», – deyiladi mintaqaviy Tergov qo’mitasi matbuot xizmatida.

Qo‘lga olingan migratsiya bo‘limi rahbarlarining uy va ish joylarida tintuv o’tkazilgan. Tergov taxminiga ko’ra, Shatoxin deyarli ikki yil davomida migrantlardan muntazam ravishda 500 ming rubl pora olgan. Buning evaziga u harbiy ro’yxatda turmaydigan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari haqidagi ma’lumotlarni yashirgan va shu orqali ularga harbiy xizmatdan qochishga yordam bergan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya