Maqola

701 03/03/2025

Rossiyada bolalari bilan yashayotgan migrantlar nafaqat o’zlari uchun, balki bolalari uchun ham migratsiya qaydi (registratsiya) rasmiylashtirishlari kerak. Ushbu maqolada bolalarga registratsiya rasmiylashtirish to’g’risida asosiy ma’lumotlarni tushuntirib o‘tamiz.

Migratsiya qaydi (registratsiya)ga qo‘yish muddati:

Xalqaro kelishuvlarga ko’ra, O’zbekiston fuqarolari, shu jumladan bolalar, Rossiyaga kirgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida migratsion qaydga turishlari shart. Agar mamlakatda 15 kundan kam yurilsa, migratsion qaydga olish talab qilinmaydi.

Registratsiya qilish tartibi:

Uy-joy egasi bolaning kelganligi to’g’risidagi registratsiyani turar joy manzili bo’yicha Rossiya IIV hududiy organiga topshirishi kerak. Buni shaxsan borib, “Мои документы” orqali yoki “Госуслуги” orqali amalga oshirish mumkin.

Zarur hujjatlar:

Bolalar uchun xuddi kattalarnikidek registratsiya blanki to’ldiriladi va unga qo‘shib hujjatlarning nusxasi topshiriladi.

Rossiyaga yangi kelgan bolalarga registratsiya qilinayotgan bo‘lsa bolaning pasporti, migratsion kartasi, tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onaning pasporti, ota-onaning migratsion kartasi talab qilinadi.

Agar registratsiya uzaytirilayotgan bo‘lsa, yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarga qo‘shib ota-onaning patenti, mehnat shartnomasi, ularning mehnat faoliyatini amalga oshirish to’g’risida topshirilgan “uvedomleniye”, patent uchun to’langan cheklar va ota-onaning registratsiyasi kerak bo‘ladi.

Muhojirlarning bolalariga registratsiya qilib bermaslik uy-joy egasi uchun ham, bolaning qonuniy vakillari uchun ham ma’muriy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun bolalarga, albatta, registratsiya qilish lozim.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya