Maqola

465 26/07/2025

Rossiya prezidenti maslahatchisi va Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeyev mamlakatda istiqomat qilayotgan ayrim muhojirlarni qattiq tanqid qildi. Uning da’vo qilishicha, muhojirlar ko‘pincha Rossiyadagi zamonaviy hayotga mos kelmaydigan odat va urf-odatlarni olib kelishar ekan.

Fadeyev, ayniqsa, maktabga bormayotgan migrant bolalar muammosi uni tashvishga solayotganini aytdi.

«Konstitutsiya va qonunlarga ko‘ra – Rossiyaning ham, o‘z vatanlarining ham – ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limi uchun mas’uldirlar. Lekin negadir ko‘pchilik bu mas’uliyatni Rossiya davlatiga yuklaydi», deydi u.

Fadeyevning so‘zlariga ko‘ra, agar muhojirlarning ota-onalari farzandlarining Rossiyada o‘qishini istasa, ular bolalariga til o‘rganishiga yordam berishi, farzandlarini maktabga tayyorlashi kerak ekan. Aks holda, uning fikricha, bolalar boshqalarga va umuman maktab tizimiga xalaqit bermaslik uchun o‘z vatanlarida o‘qigani yaxshiroq ekan.

U, shuningdek, Rossiya shaharlarida yopiq etnik hududlar – anklavlar deb ataladigan hududlar paydo bo‘lishiga qarshi chiqdi.

Fadeyevning fikricha, migrantlar jamiyatga faolroq integratsiyalashishi, mahalliy qoidalarni hurmat qilishi va farzandlarining kelajagi haqida qayg‘urishi kerak.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya