
Rossiyada jiddiy ishchi kuchi tanqisligi davom etmoqda. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatda 2,4 milliondan 3 milliongacha ishchi yetishmaydi va bu defitsit 2030-yilgacha barham topishi dargumon. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar bermoqda.
Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (РСПП) prezidenti Aleksandr Shoxin bu tanqislikni mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa ichki resurslar orqali yopish mumkin emasligini aytadi. Buning birdan-bir yo’li – mehnat muhojirlarini jalb qilishni kuchaytirish.
Biroq, migrantlar bilan bog’liq vaziyat yanada murakkablashdi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida 2 milliondan ortiq xorijiy ishchi Rossiyani tark etgan. Bu migratsiya qonunchiligining kuchaytirilishi fonida, ayniqsa, Krokus Siti Xolldagi fojiadan keyin sodir bo‘ldi. Shundan keyin mamlakatga kirish qiyinlashdi, migrantlar ommaviy ravishda chiqib keta boshladi.
Bo’shliqni to’ldirish uchun РСПП hatto «do’st» mamlakatlarda kollejlar ochishni taklif qildi. Masalan, Andrey Komarovning fikricha, Hindistonda mutaxassislar tayyorlanishi va keyinchalik Rossiyada ishlashi mumkin. Ural Savdo-sanoat palatasi hatto 2025-yil oxirigacha bir millionga yaqin hindistonliklarni jalb qilishni rejalashtirayotganliklarini aytdi.
Shu bilan birga, Oliy Iqtisodiyot maktabining xabar berishicha, mamlakatda kadrlar tanqisligi allaqachon 2,6 million kishiga yetgan – bu rekorddir. Bu, ayniqsa, qariyb 400 ming kishi yetishmaydigan sanoat, shuningdek, savdo va transport uchun qiyin.
Migratsiya qiyinchiliklaridan tashqari, kadrlar inqiroziga safarbarlik ham ta’sir qiladi. Ukrainada urush boshlanganidan beri bir millionga yaqin kishi harbiy xizmatga chaqirilgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, 650 mingdan 1,1 milliongacha ruslar – – harbiy harakatlarda qatnashmaslik yoki Kreml siyosatiga rozi bo’lmaslik uchun xorijga ketib qolgan.
Bularning barchasi iqtisodiy vaziyatni yomonlashtiradi. Hozirda Rossiyaning Sberbank va VTB kabi yirik banklari 2025-yil oxiri – 2026-yil boshida to’lovlarni amalga oshirmaslik to’lqiniga tayyorgarlik ko’rmoqda. Buning sababi – odamlar daromadlarining kamayishi va davlatning urushga harajatlarining ko’payishi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yil oxirigacha Rossiyaning harbiy xarajatlari 102,6 milliard dollarga yetishi mumkin, bu barcha federal byudjet xarajatlarining deyarli 10 foizini tashkil qiladi.