Мақола

141 01/03/2024

“Migrant.media” nashrining xabar berishicha, Rossiyada politsiyachilar migrantlarning telefonlarini olib, brauzerda ochilgan saytlar tarixini, ijtimoiy tarmoqlar va telefon xotirasiga saqlangan materillarni tekshirayotgani kuzatilmoqda. Agar diniy biror manba topilsa, o‘sha migrant diniy ekstremizmda gumonlanib, Rossiyaga kelish uchun bir umrlik taqiqqa uchramoqda.

Haqiqatdan ham muhojirlar ishga borgan davlatlarida diniy ekstremizmda o‘zi bilmagan ravishda, ya’ni atay qilmasdan ayblanib qolishi holatlari oz emas. Masalan, Qozog‘istonning Atirau shahrida o‘zbekistonlik muhojir Tik-Tok tarmog‘ida Qozog‘istonda taqiqlangan shaxsning ma’ruzasi ovozi bilan video joylashtirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bunday noxush vaziyatga tushib qolmaslik uchun har bir davlatda taqiqlangan manbalar, shaxslar, tashkilotlar borligini yodda tutish kerak. Taqiq ro‘yxatlari bilan hukumatning adliya va boshqa xavfsizlik xizmatlari saytlarida tanishib olishingiz mumkin.

Rossiyada taqiqdagi manbalar ro‘yxati Rossiya adliya vazirligi saytida joylashtirilgan.

Qozog‘istonda taqiqlangan saytlar mamlakatning Axborot va ommaviy taraqqiyot vazirligi saytida ko‘rsatilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация