Hukumat mehnat patentlari geografiyasini kengaytirmoqda va ularga bir patent bilan bir vaqtning o‘zida ikkita qo‘shni mintaqada ishlash imkoniyatini yaratdi.
«Суверенная экономика» manbasining yozishicha, endi xorijlik ishchilar, masalan, Moskva va Moskovskaya viloyatida yoki Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida qo‘shimcha hujjatlar rasmiylashtirmasdan rasman mehnat qila oladilar. Bu o‘zgarishlar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yirik shahar aglomeratsiyalarida mehnat muhojirligi jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan.
Bungacha xorijliklar uchun patent faqat bir hudud doirasida amal qilar edi. Bu, bir tomondan, qo‘shni mintaqalarda ishlashni xohlaganlar uchun qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, kuchli muhojirat oqimlarining oldini olishga xizmat qilgan.
Biroq bu o‘zgarishlar bilan barchasi oson emas. Noqonuniy mehnat va boshqa qoidabuzarliklarning oldini olish uchun qonun ijrosini sinchiklab nazorat qilish talab etiladi. Hozircha esa bu tashabbus biznes vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, chunki ular bu orqali ishchi kuchi oqimi oshishi va ma’muriy to‘siqlar kamayishiga umid qilmoqda.
Yangi tartib 2025-yilning 1-sentyabridan kuchga kiradi.