Maqola

878 21/04/2025

Endi migrantlar rus tilini o‘rganish uchun main.narusskom.online saytidan foydalanishlari mumkin. Platforma interfeysi rus, ingliz, tojik va o‘zbek tillariga o‘zgaradi. Saytni Rossiyaga kelishdan oldin ham ishlatish mumkin. Ya’ni sayt orqali muhojirlar o‘z mamlakatlarida rus tilini o‘rganishni va madaniyat bilan tanishishni boshlasa bo‘ladi.

Migrantlar Rossiyaga kelishga tayyorgarlik ko‘rishi, tegishli imtihonlarni topshirish uchun asosiy bilimlarni egallashi va mamlakat hayotiga moslashishi mumkin bo‘lgan rus tilini o‘qitish uchun onlayn platforma Tomsk davlat universiteti (TDU) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan. Adaptiv til kurslari har bir foydalanuvchining boshlang‘ich bilim darajasiga moslashtiriladi va uning uchun individual ta’lim yo‘nalishini yaratadi, deb xabar berdi universitet matbuot xizmati.

Saytda muhojirlar, jumladan, mehnat migrantlarining mamlakatga ijtimoiy-madaniy moslashuvi uchun materiallar joylashtirilgan: interaktiv materiallar bank hisob raqamini qanday ochish, tez yordam chaqirish yoki hujjatlar bilan ishlashni tushuntiradi, shuningdek, Rossiyaning madaniy an’analari va qonunlari bilan tanishtiradi. Ikkinchi blokda rus tili bo‘yicha o‘quv modullari bo‘lib, ular ham real hayotiy vaziyatlarga asoslangan. Uchinchi blokda har bir foydalanuvchining bilim darajasiga «moslashadigan» va unga individual ravishda tilni o‘rganish imkonini beradigan moslashuvchan trenajyor borligi aytilmoqda.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya