Maqola

208 24/09/2024

Rossiya politsiyasi xorijiy fuqarolar tomonidan “ВНЖ”, “РВП” rasmiylashtirish maqsadida tuzilgan soxta nikohlarni aniqlash ishlarini jadallashtirgani haqida IIV vakili Irina Volk xabar bermoqda. Soxta nikohlar tufayli migrantlar doimiy yashash uchun hujjat olish va keyinchalik Rossiya fuqaroligini rasmiylashtirishda foydalangan, deyiladi xabarda.

Rossiya IIV hududiy organlari doimiy ravishda nikoh munosabatlarining soxtaligini aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Qonunbuzarliklar aniqlanganidan keyin materiallar prokuraturaga nikohni soxta deb topish bo‘yicha sud jarayonini boshlash uchun yuborilmoqda. Sud soxta nikoh orqali olingan “ВНЖ”, “РВП” hujjatlarini bekor qilish haqida qaror chiqarishi mumkin va sud qarori orqali doimiy yoki vaqtincha yashash uchun berilgan hujjatlar bekor qilinib kelinmoqda.

2021-yildan 2023-yilgacha prokuraturaga to‘rt mingdan ortiq soxta nikohlar bo‘yicha materiallar yuborilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu kabi ishlar bo‘yicha 300 dan ortiq material topshirilgan. 2024-yilning dastlabki yetti oyi ichida sud qarorlariga ko‘ra, 107 ta vaqtincha yashash ruxsatnomasi (РВП) va 75 ta doimiy yashash guvohnomasi (ВНЖ) bekor qilingan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya