
Nijniy Novgorodda aeroport politsiyasi boshlig‘i Namig Musayev qo‘lga olindi. OAV xabarlariga ko‘ra, u bilan boshqa politsiya xodimlari va FSB xodimlari ishlagan. Ular muhojirlarning Rossiyada noqonuniy qolishiga yordam berganlikda gumon qilinmoqda.
Rossiya manbalariga ko‘ra, tergovchilar Musayev va uning sheriklari migratsiya qoidalarini buzgan migrantlarni jarimaga tortmaganini aniqlagan. Aksincha, ularga pora evaziga “muammolarni hal qilishda” yordam berishgan. Ya’ni, muhojirlar jazolanmasdan Rossiyani bemalol tark etishi mumkin bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sxemaga 12 nafarga yaqin politsiyachi jalb qilingan. Xavfsizlik xodimlari Musayevning mintaqadagi ozarbayjon diasporasiga aloqadorligidan gumon qilmoqda. Aytilishicha, shu aloqa orqali pora berilgan.
Iyun oyida Tergov qo‘mitasi shunga o‘xshash ish haqida xabar berganidan so‘ng bir guruh mahalliy aholi va politsiya xodimlari ham qo‘lga olingan edi. Taxminlarga ko‘ra, 2024-yildan 2025-yilgacha Nijniy Novgorod aeroportida migrantlarga pul uchun jazodan qutilib qolishga yordam bergan uyushgan guruh ishlagan.
Endi hibsga olinganlarning barchasi «noqonuniy migratsiyani tashkil etish» va «xizmat vakolatini suiiste’mol qilish» ayblovlari bilan jinoiy ishlar ochilgan.
Agar ularning aybi tasdiqlansa, ichki ishlar organlaridan ishdan bo‘shatiladi, sud esa ularga qonun bo‘yicha jazo tayinlaydi.