Ilgari chet ellik abituriyentlar rus tilidan majburiy imtihonsiz o‘qishga kirishlari mumkin edi, bu masalani universitetlarning o‘zlari hal qilar edi. Endi Rossiyada hamma uchun yagona test joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Rossiya Ta’lim va fan vazirligi xorijiy abituriyentlar uchun rus tilidan yagona imtihon ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bergan. Sinov TORFL deb ham ataladigan mavjud TRKI (Rus tilini chet tili sifatida testi) ga asoslanishi mumkin. Ushbu test CEFR xalqaro tilni baholash tizimi talablariga javob beradi va boshlang’ich (A1) dan yuqori darajagacha (C2) bo‘lgan olti darajani o’z ichiga oladi. Imtihon o’qish, yozish, gapirish va boshqa til ko’nikmalarini sinovdan o’tkazadi.
2024-yil 30-dekabrda Rossiya Prezidenti quyidagilarni ishlab chiqishni buyurdi:
– Rossiya oliy o’quv yurtlariga kiruvchi chet elliklar uchun rus tilidan yagona imtihon;
– Rossiyada muvaffaqiyatli o’qish uchun zarur bo’lgan tilni bilish darajasiga qo’yiladigan talablar;
– yangi imtihon o’tkazish tartibi.
Ushbu tashabbus chet ellik abituriyentlarga qo’yiladigan talablarni uyg‘unlashtirish va ularning Rossiya ta’lim tizimiga moslashuvini soddalashtirishga yordam beradi.