135 24/02/2024

Oʻqituvchilar yoshining kattalashishi Rossiya taʼlim tizimida kadrlar yetishmovchiligiga sabab bo‘lmoqda. Rossiya taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning oʻrtacha yoshi 45–47 ni tashkil qiladi. 30 yoshgacha bo’lgan yosh o’qituvchilarning ulushi 15 foizga ham yetmaydi. 2023-24-o‘quv yilida maktablarda 65 yoshdan oshgan 42 900 nafar o‘qituvchi ishlaydi. 60 700 nafari esa 60–64 yoshdagilardir. Bu butun Rossiya bo’yicha shaharlardagi o‘qituvchilarning umumiy sonining 12 foizidir, deydi o‘qituvchilar kasaba uyushmasi kotibi Olga Miryasova.

Ya’ni, ta’lim tizimidagi 12%dan ortiq o‘qituvchilar tez orada ish faoliyatini yakunlaydi va katta masshtablarda o‘qituvchilar yetishmovchiligi boshlanadi.

O’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha turli chora-tadbirlar, masalan, yosh o’qituvchilar uchun hududiy to’lovlar, qishloqdagi yosh o’qituvchilarga uy-joy uchun 1 million rubl miqdoridagi grantlar ajratilishiga qaramay, Rossiya ta’lim tizimidagi kadrlar yetishmovchiligi qoplangani yo’q.

Eslatib o’tamiz, aynan kadrlar yetishmovchiligi tufayli Rossiya Federatsiyasi 2024-yilda 18 yo’nalishdagi pedagogika xodimlari malakasiga ega bo’lgan migrantlarga Mehnat vazirligining 460N-son buyrug’iga binoan soddalashtirilgan tartibda VNJ berishini ma’lum qilgan, ammo xorijlik pedagoglar orasida Rossiyada ishlash istagini bildirayotganlar juda oz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация