937 25/02/2025

Rossiya mehnat bozorida avval oliy ma’lumotli odamlarga talab bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi besh yil oddiy ishchilarga katta ehtiyoj paydo bo‘lgan. Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra keyingi 5 yil davomida bunday ehtiyoj saqlanib qoladi.

Mutaxassislarning fikricha, o‘rta ma’lumotli ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj rossiyalik ishchilar soni 2 millionga qisqarishi, 30-40 yoshli kadrlar soni kamayib borayotgani tufayli yuzaga kelgan «kadrlar bo’shlig’i» bilan bog‘liq.

Superjob xizmati ma’lumotlariga ko’ra, keyingi yillarda eng talabgir kasblar – bu quruvchilar, sotuvchilar, yuk mashinalari haydovchilari, hamshiralar, kuryerlar va h.k. bo’ladi. Ushbu kasblarda ishlash uchun oliy ma’lumot talab qilinmaydi. Bundan xulosa qilish muminki, Rossiyaga aqlli boshlar emas, ishchi qo’llar ko’proq kerak. Biroq, talab katta kasblar ro’yxatida o’qituvchi, tarbiyachi, shifokor, muhandis kabi mutaxassisliklar ham bor.

Sanoat sohasida ishchilar yetishmasligi hozirgi yoshlar obro’li kasblarni tanlayotgani bilan bog’liq.

Keyingi 5 yil ichida ko’rsatilgan oddiy ishchilarning ish haqi 50-60 foiz atrofida o’sishi mumkin. Masalan, 2024-yil yakunlari bo’yicha yuk mashinasi haydovchilarning o’rtacha ish haqi ₽180 ming, refrijerator haydovchilarining ish haqi esa ₽164 mingni tashkil etgan.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya