
O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarolarini Rossiya hududida milliy haydovchilik guvohnomalaridan foydalanishning amaldagi tartibi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Xorijiy haydovchilik guvohnomalarini tan olish bo‘yicha Rossiya qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari bilan Rossiya Federatsiyasi hududida transport vositalarini shaxsan boshqarish mumkinligiga e’tiboringizni qaratamiz.Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi hududida kasbiy faoliyatni (taksi, yuk tashish, yo‘lovchi tashish va boshqalar) amalga oshirish uchun Rossiya haydovchilik guvohnomasini olish zarurligi, bu esa xorijlik haydovchilarni belgilangan tartibdan o‘tishlarini talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya mutasaddi idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib, fuqarolarimizning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilishda davom etadi.