2024-yilda kartoshka 92 foizga, sariyog‘ 36 foizga qimmatlashdi, deb xabar berdi “Росстат” idorasi.
Davlat statistika qo‘mitasi Rossiyada o‘tgan yil davomida qimmatlashgan tovarlar va xizmatlar haqida ma’lumot berdi.
Eng qimmatlagan tovarlar orasida birinchi o‘rinni kartoshka egallagan. Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, kartoshka yil davomida 91,9 foizga qimmatlagan. Narxning oshishi 2023-yilda rekord miqdorda hosil yig‘ilganligi bilan bog‘liq. 2023- yili kartoshka 15,8 foizga arzonlagan edi.
Shuningdek, piyoz (48,2%), oq karam (44,7%), losos ikrasi (37,7%) ham qimmatlagan. Sariyog‘ narxi ham o‘tgan yili 36,2 foizga oshdi, deb xabar bermoqda “Росстат”. Biroq arzonlagan oziq-ovqat mahsulotlari ham bor. Masalan, grechka 6,4 foizga, tovuq tuxumlari esa 11,2 foizga arzonlagan.
Biroq, tashkilotning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida Rossiyada ba’zi texnika vositalari arzonlashgan. Masalan, changyutgichlar narxi 2,2 foizga kamaygan, planshetlar 4,1 foizga.
Dori vositalarining orasida esa samaradorligi va xavfsizligi tadqiqotlarda isbotlanmagan «Arbidol» deb nomalanadigan viruslarga qarshi preparat narxi 10,1 foizga pasaygani keltirilmoqda.