“HeadHunter” saytining ma’lumotlariga ko‘ra, payvandchilar va tokarlar noyabr oyida eng ko‘p maosh oluvchi kasb egalari qatoridan joy oldi.
Xabar qilinishicha, payvandchilar uchun o‘rtacha 196,1 ming rubl maosh taklif qilinmoqda. Natijada bu kasb egalarining daromadi bir yil ichida 72%ga oshib, eng talabgor ishchi mutaxassislardan biriga aylangan. Bu haqda hh.ru manbalariga asoslanib «Gazeta.Ru» xabar bergan.
Eng ko‘p maosh to‘lanadigan kasblar o‘ntaligidan DevOps-injenerlar (o‘rtacha maosh — 250 ming rubl), ko‘chmas mulk agentlari (164,3 ming rubl), payvandchilar va tokarlar (147,2 ming rubl) joy olgan. Shuningdek, frezerchilar va prorablar ham 147,2 ming va 138,6 ming rubl miqdoridagi o‘rtacha maosh bilan ushbu reytingga kirgani ma’lum.
Ta’kidlash joizki, Rossiyada markaziy osiyolik muhojirlar qurilish, rekonstruksiya va uy-joy kommunal xizmatlari sohasida payvandchi, tokar kabi kasblarda faoliyat olib boradi.