Maqola

196 16/08/2024

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan.

14-avgust kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir guruh o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi, deya хabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo‘lgan 8 nafar bola Sibir poytaxtiga to‘plangan.
Konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan va bolalarni issiq ovqat bilan ta’minlagan.

Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga ko‘ra ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan bolalar O‘zbekistonga sog‘-salomat yetib kelgan, deyiladi xabarda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya