Maqola

214 04/11/2025

Rossiyada turli sabablar bilan ota-ona qarovisiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar yana o‘z Vataniga qaytdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.

Ularni yurtimizga qaytarishda O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, hamda Milliy ijtimoiy himoya agentligidan tashkil topgan ishchi guruh katta mehnat qildi.

Avvalo, guruh Sankt-Peterburg, Chelyabinsk va Moskva shaharlarida og‘ir ahvolda bo‘lgan 16 nafar bolani topib, O‘zbekistonga olib keldi. Keyinchalik, Yekaterinburg, Volgograd, Ufa, Nijniy Novgorod, Xakasiya, Moskva viloyati, Maxachqala va Novosibirsk shaharlaridan yana 19 nafar ona-otasiz qolgan bola yurtimizga qaytarildi.

Bolalarning kimligini aniqlash, hujjatlarni tayyorlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari Rossiya rasmiylari bilan birgalikda bajarildi.

 

«Amina» dasturi, registratsiya, reyestr, patent, «zapret» va «vidvoreniye» haqida suhbat

Navigatsiya