Rossiya fuqaroligini olgan, ammo qasamyod qilmagan shaxslar 2024-yil 23-noyabrdan boshlab Rossiya fuqaroligidan mahrum qilinadi, deb xabar beradi Rossiya IIV o‘zining veb-saytida. Ammo bu qoida Rossiya fuqaroligini 2017-yil 1-sentyabrigacha olganlarga tegishli emas.
«2024-yil 22-noyabrdan boshlab 2002-yil 31-maydagi «Rossiya federatsiyasi fuqaroligi to’g’risida»gi qonunga muvofiq Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan shaxslar uchun qasamyod qilish muddati tugaydi. 22-noyabrgacha qasamyod qilmaganlar 2024-yil 23-noyabridan boshlab Rossiya fuqaroligini olmagan deb hisoblanadi va ularni Rossiya fuqaroligiga qabul qilish to’g’risidagi qarorlar bekor qilinadi», – deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Rossiya ichki ishlar vazirligi ushbu qoida Rossiya fuqaroligini 2017-yil 1- sentyabrigacha, ya’ni qasamyod qilish majburiyati kuchga kirgunga qadar fuqarolikni olganlarga tegishli emasligiga aniqlik kiritgan.