Мақола

211 21/02/2024

Qiwi Bank litsenziyasining bekor qilinishi bank faoliyati to‘g‘risidagi federal qonun hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish talablarini buzish bilan izohlangan.

2023-yil davomida Markaziy bank Qiwi bankiga besh marta ogohlantirish bergan, jumladan, ikki marta ayrim operatsiyalar bo‘yicha cheklovlar ham kiritilgan.

Litsenziya bekor qilinganligi sababli Qiwi bankning xizmatlari to’xtatilgan: Qiwida ochilgan elektron hamyonni to’ldirish, undan pul olish va o’tkazish mumkin emas. Ushbu operatsiyalar bajarilganida to’lov xatosi haqida xabar paydo bo’lmoqda. Qiwining Contact nomli pul o’tkazish tizimi ham ishlamayapti. Endi pul o’tkazish tizimlaridan “Zolotaya korona” qolmoqda, chunki “Unistream” ham G’arb davlatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalarga uchragan.

Contact tizimi orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan migrantlarning pullari agar olishga ulgurishmagan bo’lsa, muzlatilgan. Muzlatilgan pullar 2024 yil 6 martdan kechiktirmay berila boshlaydi. Pullarni olish uchun arizalarni qabul qilish joyi, vaqti, shakli va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Omonatlarni sug‘urtalash agentligi («Агентства по страхованию вкладов») rasmiy veb-saytida beriladi.

Qiwi Bank omonatlarni sug’urtalash tizimining ishtirokchisi hisoblanadi. Pullar egalariga 100% miqdorda, lekin bir kishi uchun 1,4 million rubldan ko’p bo’lmagan hajmda qaytariladi.

Qiwi Bank litsenziyasining bekor qilinishi Rossiyadagi Raiffeisenbank va Tochka Bank ishiga ham ta’sir qildi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация