1 918 20/07/2025

Agar Rossiyaga Oʻzbekiston yoki Tojikistondan kelgan boʻlsangiz, bu yerda qonuniy yurish uchun sizda quyidagi hujjatlardan biri boʻlishi kerak:

1. Pasport
Pasport haqiqiy va o‘qiy olinadigan bo’lishi kerak.

Bola uchun esa pasportga qo‘shib tug’ilganlik haqidagi guvohnoma va uning rus tiliga qilingan tarjimasi bo‘lishi kerak.

2. Migratsiya kartasi
Rossiyaga kirishda, samolyotda, poezdda yoki chegarada beriladi.

Unda tashrif maqsadini ko’rsatish lozim. Masalan, «ish», «o’qish», “davolanish”.

3. Migratsiya qaydidan o’tish (registratsiya)
Tojikiston va O’zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirib kelganidan keyin 15 kun ichida rasmiylashtirilishi kerak

Registratsiya uy egasi tomonidan topshiriladi.

4. Patent
YeOII mamlakatlari (Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston) fuqarolari uchun patent talab qilinmaydi. Ular mehnat shartnomasini rasmiyalshtiradi.

Patent “Pasport-viza xizmati” (ПВС) yoki Ko‘pxizmatlik migratsiya markazlari (ММЦ)da rasmiylashtiriladi.

Patent olish uchun sizga quyidagilar kerak:

Tibbiy ko’rikdan o’tish,

rus tili, tarix va huquq fanlaridan imtihon topshirish;

biometrik ma’lumotlarni topshirish va boshqalar.

5. Biometrik ma’lumotlarni topshirish. Barcha chet el fuqarolari (6 yoshdan oshgan) daktiloskopiya, ya’ni barmoq izlari va fotosurat topshirishi kerak.

Daktiloskopiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya bo‘limlarida yoki «ПВС» va «ММЦ»larda amalga oshiriladi.

Daktiloskopiya topshirilganidan keyin muhojirga xorijiy fuqaro kartasi beriladi.

❗️ Daktiloskopiyasiz patent va “registratsiya”ngiz bo’lsa ham, Rossiya Federatsiyasida bo’lishingiz noqonuniy hisoblanadi!

Hujjatlarning amal qilish muddati haqida unutmang!

Migratsiya kartasi 90 kun amal qilinadi, keyin patent asosida migratsiya qaydi (registratsiya) bilan birga uzaytiriladi.

“Registratsiya”ning amal qilish muddati uning o‘zida ko‘rsatilgan bo‘ladi va patent asosida bir yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Patent har oy soliq to’lash orqali uzaytiriladi, biroq berilgan sanasidan boshlab bir yil amal qiladi. Bir yildan keyin patentni qayta rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.

Daktiloskopiya 5 yil davomida amal qiladi. Biroq shaxsiy ma’lumotlar o‘zgartirilsa daktiloskopiyani Rossiyaga kirib kelgach 10 kunda almashtirish kerak bo‘ladi.

Migratsiya qaydi (registratsiya), patent yoki daktiloskopiya yo‘q bo‘lsa muhojir ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Shuning uchun hujjatlarga e’tiborli bo‘lish qat’iy tavsiya etiladi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya