Maqola

1 294 02/10/2025

Davlat Dumasi deputatlari taksi vositalarini mahalliylashtirish talablariga javob berishini talab qiluvchi qonunni ma’qulladi. Hujjat ilgari soha birlashmalari, korxonalar va hatto hukumat tomonidan qattiq tanqid qilinganiga qaramay, darhol ikkinchi va uchinchi o‘qishdan o‘tdi.

Qonun loyihasi birinchi marta 2024-yil yanvar oyida qabul qilingan.

Endi, 2026-yil 1-martdan boshlab, transport vositasini taksi reyestriga kiritish uchun quyidagi shartlardan biri bajarilishi kerak:

transport vositasi kerakli miqdordagi «mahalliylashtirish ballari»ni (davlat xaridlari uchun qo‘llaniladigan baholash tizimi) olgan bo‘lishi kerak;

yoki 2022-yil martidan 2025-yil martgacha tuzilgan maxsus investisiya shartnomasi bo‘yicha ishlab chiqarilishi lozim.

2033-yil 1-yanvardan boshlab faqat bitta mezon – “mahalliylashtirish ballari” soni qoladi.

Mintaqalar uchun yengilliklar berildi:

Kaliningrad va Sibir — 2028-yil martigacha;

Uzoq Sharq – 2030-yil martigacha.

Hukumat huzuridagi tahliliy markazning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi tartiblar tufayli taksi bozori 290 milliard rublgacha yo‘qotishi mumkin, chunki hozirda taksi vositalarining taxminan 85 foizi mahalliylashtirish mezonlariga javob bermaydi. Bu 500 000 ga yaqin haydovchining chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Hozirda davlat xaridlari bo‘yicha tenderlarda qatnashish uchun yengil avtomobil kamida 3200 ball to‘plashi kerak. 2027-yildan boshlab chegara 3500 ga, 2028-yildan boshlab esa 3700 gacha ko‘tariladi.

Ballar Rossiyada kuzovni payvandlash va bo‘yash, kamida 70% mahalliy metalldan foydalanganlik, boshqaruv qismlarini ishlab chiqarish va boshqa yig‘ish bosqichlari uchun beriladi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya