Maqola

150 18/08/2024

Rossiyada koronavirus kasalligi ko’payib bormoqda. Kasallik odamlarni fuqaroligiga qarab ajratmaydi: migrantlar ham, rossiyaliklarning o’zlari ham kasallanmoqda.

5-avgustdan 11-avgustgacha bo’lgan davrda faqat Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 3277 kishini tashkil etdi – bu bir hafta oldingi ko’rsatkichdan deyarli 30% ko’p. Kasalxonaga 160 kishi yotqizilgan, to’rt kishi vafot etgan. COVID bilan kasallangan bemorlar soni to’rt haftadirki ketma-ket o’sib bormoqda.

Butun Rossiya bo’ylab ham deyarli shunday o’sish kuzatilmoqda: o’tgan hafta koronavirus bilan oldingi haftaga nisbatan 29,1% ko’proq odam kasallangan, deb xabar bergan koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish shtabi.

❗️Eslatib o’tamiz, mayda Rossiya bo’ylab FLiRT guruhiga mansub koronavirusning yangi shtammlari tarqala boshlagan edi. Xuddi shu paytda COVID kasalligi ham ko’paydi: bemorlarning 28,2 foizida COVID-19 aniqlangandi.

Shifokorlarning so’zlariga ko’ra, virusning yangi shtammi omikronning yana bir turi bo’lib, u COVID-19 ning oldingi variantlaridan deyarli farq qilmaydi. Yangi alomatlardan – tanada toshma paydo bo’lishi mumkin.

Virusolog Petr Chumakovning aytishicha, hozirgi vaqtda COVIDga qarshi emlanishning endi ma’nosi yo’q, chunki infektsiya shunchalik tez o’zgarib borayaptiki, oldingi vaksinalar undan himoya qilolmaydi.

Migrantlar o’z navbatida sog’liklariga e’tiborli bo’lishlari tavsiya etiladi. Chunki Rossiyadagi mavjud tartibga ko’ra, muhojirlar COVIDga qarshi bepul ambulator davolanish huquqiga ega emas. Bu esa ularni kasallik oldida juda zaif qilib qo’ymoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya