Maqola

751 26/11/2025

Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi o’rinbosari Aleksandr Grebenkin «Rossiyskaya gazeta» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, 2024-yildan boshlab migrantlar ruxsatnomani olganlaridan keyin ikki oy ichida Ichki ishlar vazirligining hududiy bo’linmalariga ishga qabul qilinganliklari haqida xabar – “uvedomleniye” berishlari shart. Agar xabarnoma berilmasa, patent avtomatik ravishda bekor qilinadi va mamlakatda qonuniy yashash uchun asos bo’la olmaydi.

Grebenkinning so’zlariga ko’ra, bekor qilishning asosiy sababi xorijiy fuqarolarning mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalarining nusxalarini taqdim etmasliklaridir.

Bundan tashqari, 24-noyabr kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmati vakili Aleksey Gasak 2025-yil boshidan beri 160 000 dan ortiq xorijiy fuqarolarga mamlakatga kirish taqiqlanganini va kirish va qolish qoidalarini buzish holatlari soni 30 foizga oshganini ma’lum qilgan edi.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya