Мақола

83 18/04/2024

Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan bir hafta o‘tib, Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblangan migrantlarga qarshi sud ishlari soni 70 foizga oshganini ma’lum qildi.

Tashkilot Rossiyadagi teraktdan keyin Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatni xavfli deb atamoqda, chunki fojiadan keyin bu mintaqa fuqarolariga nisbatan zo‘ravonlik va huquqbuzarliklar soni ko‘paygan.

OAV xabarlariga tayanib, tashkilot hujumga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan bir necha Tojikiston fuqarolari hibsga olinganidan so‘ng, shaxs va mansabdor shaxslar tomonidan etnik profillash, ksenofobik ta’qib va zo‘ravonlik holatlari ko‘payganini ma’lum qilgan.

Rossiya rasmiylari Markaziy Osiyodan kelgan odamlarga nisbatan tazyiq va tajovuzlardan voz kechish siyosatini e’lon qilishi va amalda qo‘llashi kerak. Rasmiylar markaziy osiyolik muhojirlarni etnik jihatdan aniqlash, ularni o‘zboshimchalik bilan va uzoq muddatga hibsda saqlash amaliyotini to‘xtatishi, aksincha, muhojirlar xavfsizligini ta’minlashi kerak. Ksenofobik ta’qibning barcha holatlari bo‘yicha chuqur tekshiruv o‘tkazish va aybdorlarni javobgarlikka tortishi lozim.

Human Rights Watch tashkilotining xabar berishicha, hujumdan keyingi ikki hafta ichida Rossiyada markaziy osiyolik muhojirlarga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish, ishdan bo‘shatish, jismoniy zarar yetkazish bilan tahdid qilish, haqorat qilish va migrantlarga qarshi shiorlar ko‘paygan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация