
Rossiyada shaxsiy kvartiraning mavjudligi, sudlanmaganlik va ma’muriy qoidabuzarliklarning yoʻqligi ham chet el fuqarolarini migratsiya qonunlarini buzganlik uchun chiqarib yuborishdan qutqarmaydi.
Umumiy yurisdiktsiya ikkinchi kassatsiya sudi chet elliklar uy-joyi mavjudligi yoki mamlakatda yashash muddatidan qat’i nazar, qoidalarga qat’iy rioya qilishlari shartligini tushuntirgan. Boʻlish yoki ishlash qoidalarini buzganlik uchun migrantlarga nisbatan jarimalar va chiqarib yuborish choralari qoʻllanilishi mumkin.
Reydda qoʻlga tushgan Oʻzbekiston fuqarosining ishi ushbu izohga sabab boʻldi. Kaluga viloyatida berilgan ish patenti boʻlgan ayol Moskvadagi maktablardan birida ishchi boʻlib ishlagan. Ayolning oʻzi ilgari jinoyatlar va qoidabuzarliklar sodir etmaganini, shuningdek, Rossiyada uyi borligini ta’kidlagan. Biroq uchta instantsiya sudlari ushbu holatlar qonun buzilishini bekor qilmaydi degan qarorga keldi.
Yakunda Moskvaning Щerbinka tuman sudi unga 5 ming rubl miqdorida jarima tayinladi va uni Rossiyadan chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Moskva shahar sudi va Umumiy yurisdiktsiya ikkinchi kassatsiya sudi ushbu qarorni oʻz kuchida qoldirdi. Muhojir ayolning himoyachisi, bayonnoma tuzilayotganda unga tarjimon berilmaganini aytgan. Ammo kassatsiya sudi ayol rus tilini bilishini oʻzi yozma ravishda tasdiqlagani, tarjimondan bosh tortgani va oʻz aybini tan olganini koʻrsatdi.